Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-21 11:32Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, AQSh, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
📚Buxoro viloyati “Ma’naviyat-ma’rifat markazi”da bo‘lib o‘tgan “Buyuklar haqida 100 dalil” kitobi taqdimotida Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🎗Mazkur tadbirda ishtirokchilar buyuk allomalarimizning hayoti, ilmiy merosi va ularning …
🏛2-pediatriya kafedrasi Qurbonov M.K. boshchiligida Qarahoni 13-oilaviy shifokor punkti bilan hamkorlikda 3 ta kollejda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
🔹 Tadbir doirasida o‘quvchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.🔹 Profilaktik tavsiyalar …
🏛Yozgi ta’tilni samarali o‘tkazish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakulteti talabalari qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Grant va kitoblar 2025” forumida faol ishtirok etishdi.
Quyidagi talabalar forumda faol qatnashib sertifikatga ega boʻlishdi. 363 guruh …
Dolzarb 90 kunlik
🏛2025-yil iyul oyida Buxoro davlat tibbiyot institutida “Dolzarb 90 kunlik” …
E'lonlar
Xotin -qizlarga o’qishga kirish imkonini beradigan 2ta tavsiyanoma
1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta …
Barcha futbol ishqibozlarini ertaga bo’lib o’tadigan Final uchrashuviga taklif etamiz!
O’yinlar soat 16:00 da boshlanadi. ⏱Soat 16:00 da 🥉- o’rin …
🗣O‘zbegim yigit-qizlari uchun ajoyib yangilik!
🔴Siz nazm, nasr yo‘nalishlarida ijod qilasizmi?🔴Monologlarni ta’sirchan, she’rlarni ifodali o‘qish …
⚡️ “HEMIS STUDENT” telegram boti rivojlanishda davom etmoqda
✅ @Hemisedu_bot telegram botida to‘lov shartnoma ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi. …