Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-21 11:32Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, AQSh, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
🏛Joriy yilning 9-iyul kuni institut sog‘lomlashtirish markazida rektor buyrug‘i asosida voleybol sport turi bo‘yicha xotin-qizlar terma jamoasini shakllantirish maqsadida saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏐Mazkur sport tashabbusi institutda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayollar …
🎓 “Bitiruvchi bandligi – 2025”
🎗Bugun, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi” binosida …
🏅 Faol ishtirok – munosib e’tirof!
🏛“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi …
E'lonlar
❗️Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun muhim yengillik berildi
2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar …
🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr …
Buxoro davlat tibbiyot institutining Italiya bilan hamkorlikdagi fakultetiga marhamat qiling
Tibbiyot institutida tahsil olishni maqsad qilgan abiturientlar diqqatiga: Sizlarni Abu …
Tadbirlar
Kelgusi
Tadbirlar
Ilmiy seminar majlisi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Ilmiy seminar majlisi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02