Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-06 15:49Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSh, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
Rektorlar tomonidan “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga kitoblar sovg‘a qilindi
📚 Buxoro shahrida yangi tashkil etilgan “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi …
Kurskdagi tantanali marosimda talabalarimiz diplom qabul qildi
Rossiya Federatsiyasining Kursk shahrida joylashgan “Sviridovskiy” konsert zalida Kursk davlat …
Yoshlar kuni munosabati bilan institut talabalari va xodimlari taqdirlandi
“Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida Abu Ali ibn Sino …
Ayni paytda Abu ALi ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 11-yig‘ilishi boshlandi.
Institut rektori Shuhrat Teshayev o’z ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan …
E'lonlar
Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim …
Klinik ordinatura – Qabul 2022
Бухоро давлат тиббиёт институтида 2022/2023 ўқув йилида клиник ординатурага хужжатлар …
Bu yilgi test sinovlari 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda — DTM
Bu haqida AOKAda bo’lib o’tayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi …
“SPECIAL ONE” o’quv markazi IELTS guruhlariga qabul e’lon qiladi!
✅ Darslar haftada 6 kun intensive tarzda 12 soatdan individualniy …