Kafedra tarixi
29.12.2021 2022-04-09 9:48Kafedra tarixi
Yillar davomida kafedra muudirlari o‘zgarib kelgan. Birinchi kafedra mudiri etib t.f.n., dotsent Mamatnazarova Maysara Farmonovna tayinlandi. Kafedra 2003 yil stomatologiya markazida joylashgan bo‘lib, bir nechta o‘quv xonalaridan iborat edi. Institut ma’muriyati tomonidan talabalarning dars o‘tishi uchun barcha sharoitlar tashkil qilingan bo‘lib, ma’ruza zallari, o‘quv xonalari va xar bir xonada zamonaviy stomatologik uskunalar o‘rnatilgan edi. O‘rnatilgan bormashinalar xozirgi zamon talablariga javob beradigan turbinali bo‘lib, og‘riqsiz davolash imkoniyatiga ega edi.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasida 3 kurslar uchun Stomatologik kasalliklar profilaktikasi, 4 kurs uchun Bolalar fakultet terapevtik stomatologiyasi, 5 kurs uchun esa Bolalar gospital terapevtik stomatologiyasi, Bolalar jarrolik stomatologiyasi kabi fanlar o‘tiladi.
2008 yil 21 avgustga kelib institut rektori buyrug‘iga asosan kafedra mudiri qilib t.f.d., professor Ishmumin Ashurovich Xudayarov tayinlandi. Shu yillarda bolalar stomatologiya kafedrasida yangi usullar va amaliy kunikmalar bilan darslar olib borildi.
2009 yil 19 avgustda institut rektori buyrug‘iga asosan kafedra mudiri qilib t.f.n. Siddiq Sharifovich Olimov tayinlandi.
29 iyul 2014 yili O‘zbekiston Respublikasi Prerzidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti negizida Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning Andijon, Samarand, Nukus filiallari qatorida Buxoroda filiali xam tashkil etildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali negizida Bolalar stomatologiyasi kafedrasi 2014 yil 2 sentabrdan o‘z faoliyatini boshlagan edi.
2016 yili 22 iyul kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori A.Sh.Inoyatov buyrug‘iga binoan kafedra mudiri etib t.f.n. dos. Feruza Raxmatillayevna Kamolova tayinlandi. Kamolova Feruza Raxmatillayevna Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Mutaxassisligi stomatolog, oliy toifali yuz-jag‘ jarroxi. 1996 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 2001yilda shu institutining imtiyozli diplom bilan tugatdi. 2001-2003 yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasida xirurgik stomatologiya bo‘yicha klinik ordinaturani tugatdi.
2003-2016 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti Xirurgik stomatologiya kafedrasi assitenti, 2016 yildan boshlab hozirga qadar Buxoro davlat tibbiyot instituti Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.