Kafedra tarixi

Kafedra 1991 yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I.Mo‘minov  buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 1991-1993 yillarda kafedrada f.f.d., professor MaxmudovM.X. rahbarlik qilgan. 1993-1999 yillarda f.f.n., dotsent Qosimova Z.I.rahbarlik qilgan. 1999 yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi ikkiga ajratilgan. 1999-2000 o‘quv yilida “Falsafa va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasiga f.f.n., dotsent Qosimova Z.I.va “O‘zbekiston tarixi”  kafedrasiga f.f.n., dotsent Rajabova S.M. mudiralik qilgan. 2000-2001 o‘quv yilida “Falsafa va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasini i.f.n. Abdullayeva M.S. boshqargan. 2001 yil avgust oyidan boshlab kafedra 2 ga bo‘lindi:“Falsafa” kafedrasiga f.f.n., dotsent OrtiqovaD.O., “O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga t.f.n., dotsent O‘rinova B.Z. mudir etib tayinlandi. 2005 yilning 26 fevralida kafedralar qayta qo‘shilib, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi.

Kafedraga f.f.n, dotsent Ortiqova D.O.,  2007-2010 yillarda t.f.n.,  dotsent O‘rinova B.Z. rahbarlik qildi. 2010-2017 yillarda  s.f.n., dotsent Tursunov Q.S., 2017-2018 yillarda f.f.d. Huseynova A.A. kafedrada rahbarlik faoliyatini amalga oshirdi. 2018 yil avgust oyidan boshlab f.f.n., dotsent Axmedova Z.A. kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarida talabalarning dunyoqarashini,  mustaqil bilim olish darajasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida   zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

Kafedrada 1 ta professor, 5 nafar dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.