Terapevtik stomatologiya kafedrasi

Terapevtik stomatologiya kafedrasi

Rajabov Otabek Asroroviсh

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Xabibova Nazira Nasullaevna
Dotsent
Atoeva Maksad Amanovna
Dotsent
Наврузова Лола Халимовна
Dotsent
Taylakova Dildora Ibragimovna
Dotsent
Norova Mavjuda Baxodurovna
Dotsent
Kazakova Nozima Nodirovna
Dotsent
Xojiev Xurshid Xamidovich
Assistent
Saidova Nilufar Axrorovna
Assistent
Sobirov Shuxrat Solijonovich
Assistent
Kurbonova Nodira Isomiddinovna
Assistent
Xamraeva Dilafruz Shukurovna
Assistent
Samadova Shaxzoda Isakovna
Assistent
Shirinova Xilola Xamrokulovna
Assistent
Jabbarova Feruza Uzakovna
Assistent
Muxsinova Lola Anvarovna
Assistent
Voxidova Ma'mura Azizovna
Assistent

Kafedra tarixi

Buxoro  davlat  tibbiѐt  instituti  rektori  professor  A.I.  Mo‘minov  25 avgust 1993 yil 4/78 raqamli paragraf 15 buyrug‘iga asosan stomatologiya kursi tashkil qilindi va kursga dosent Yu.X. Yunusov mudir etib tayinlandi.  1994 yil stomatologiya kafedrasi talabalari soni oshishi hamda mutaxassislik  fanlarini  o‘tish  lozim bo‘lganligi  sababli  3 kafedra  tashkil  qilindi . Buxoro Davlat Tibbiyot Institutining rektori professor A.I. Mo‘minovning 25.08.1993 yil № 4/78 raqamli 15- Buyruqlari asosida terapevtik stomatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Uning mudiri etib dotsent Y.X.Yunusov tayinlandi.   

Yu.X. Yunusov stomatologiya fakul’teti ish faoliyatini tashkillashtirish uchun: kafedralarni jihozlash va o‘quv jaraѐnini sifatli o‘tkazish uchun klinik bazalarni yaratishda birinchilardan bo‘lib faol ishtirok etdi.

Ish  faoliyati  davomida  o‘quv-uslubiy,  ilmiy-tadqiqot  va  tashkiliy  ishlarni  chuqur  va  o‘ziga  xos  tarzda  tahlil  etib  olib  borish  salohiyati  bilan Yu.X. Yunusov ko‘pchilikning ehtiromu-e’tirofiga erishgan.

Dosent Yu.X. Yunusov o‘z ilmiy va kasbiy ish faoliyatini 70 dan ortiq ilmiy ishlarida aks ettirgan. Uning shogirdlari tibbiѐt yo‘nalishida O‘zbekiston  Respublikasida va boshqa davlatlarda tibbiѐt sohasida ulkan, beminnat xizmatini qo‘shib kelmoqdalar.  

Fidoiy olimning shifokorlik va ilmiy-pedagogik faoliyati Hukumatimiz

tomonidan munosib taqdirlangan. Yu.X. Yunusov   1980 yil 12    noyabrda Toshkent   shahrida  «Tibbiѐt  a’lochisi»  ko‘krak  nishoni  va  1988  yil  8  noyabrda  Toshkent shahrida «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.  

Yu.X.  Yunusov  Xalqaro  Stomatologlar  konferensiyalarida:  Qozog‘istonda, Bolgariyada (1964 yil), Moskvada (2000 yil), Leningradda (2000 yil), Janubiy Koreyada (2012 yil) o‘z ma’ruzalari bilan doimiy qatnashib kelgan.

1993 yildan boshlab Buxoro tibbiѐt institutida stomatologiya fakul’tetini tashkil qilishdagi faol qatnashganligi va o‘quv ilmiy ishlaridagi rivojlanishida  faol  qatnashganligi  hisobga  olinib,  bir  necha  faxriy  ѐrliqlar  va sertifikatlarga ega bo‘lgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, institut professor va dosentlari tibbiyotning  barcha  yo‘nalishlari  bo‘yicha  viloyatda  yetakchi  mutaxassis  sifatida  tan olindi, misol  tariqasida  xirurgiya,  travmatologiya  va  ortopediya,  nevrologiya,  narkologiya, ko‘z kasallliklari, LOR kasalliklari va stomatologiya yo‘nalishlarini keltirish mumkin.

1992 yilda institutda stomatologiya fakul’tetining ochilishi juda katta  e’tiborga  loyiq  voqea  bo‘ldi.  Shu  bilan  birga  stomatologiya  yo‘nalishi  ko‘p mablag‘  talab  qiluvchi  asbob-uskunalar  bilan  jihozlangan  bo‘lishi  shartligi hamda  bu  talabni  bajarish  maqsadida  maxsus  stomatologiya  markazi  tashkil qilindi,  markaz  uchun  maxsus  faoliyat  ko‘rsatmaѐtgan  bino  olinib,  u  talab darajasida  ta’mirlandi,  rekonstruksiya  qilindi  va   ushbu  markazga  aholining ma’lum qismi davolash uchun biriktirildi. Stomatologiya fakul’teti talabalari manual  mahoratlarini  rivojlantirish  maqsadida  Isroil  mamlakatida  ishlab chiqarilgan  20  ta  bor  mashina  va  stomatologik  kreslolar  bilan  jihozlandi. Institutning  stomatologiya  markazini  jihozlash,  stomatologiya  ashѐlari  bilan ta’minlash,  yangi  texnologiyalarni  joriy  etish,  xullas  ta’lim  jarayonini muntazam  takomillashtirib  borish  Yu.X.  Yunusovning  asosiy  vazifasiga aylandi.  Hozirgi  paytda  stomatologiya   markazida  maxsus  fantom  zali  tashkil qilingan  bo‘lib,  unda  talabalarning  bemorlarni  boshidan  oxirigacha  qabul qilish,  jaraѐnni  batafsil  ko‘rsatib  berish  imkoniyati,  mavjud  jaraѐn  maxsus materiallardan tayѐrlangan tish imitatorlari va boshqa asboblardan bevosita foydalanish imkonini beradi. Bunda bemorgacha bo‘lgan propedevtik kurs o‘tilib, amaliy  ko‘nikmalar  hosil  qilingandan  so‘ng  bevosita  bemor  qabul  qilishga o‘tiladi.  

Yu.X. Yunusovning sa’y-harakatlari natijasida stomatologiya yo‘nalishidagi davolash va profilaktika ishlarini zamonaviy talablar darajasida amalga oshirish  maqsadida  Janubiy  Koreyaning  O‘zbekistondagi  instituti  va  markazi bilan  hamkorlikda  ma’ruzalar,  master-klass  davolash  muolajalari  talabalar bilan  almashish  ishlari  “Yan  Yu  Shik”  nomidagi  stipendiyalarini  tanlash  va taqdirlash,  institut  rahbariyatining  Janubiy  Koreyaning     Seul  va  Pussan shaharlaridagi  nufuzli  universitetlarga  borib,  hamkorlikda  bajariladigan ishlar to‘g‘risidagi shartnomalar imzolanishi hurmat e’tiborga loyiq.Kafedrada  1993 yil assistentlik lavozimiga Nurov N., Mirzaev M., Nazarov O., Rahimov F.,Ergashov I., Xo‘janazarov faoliyat ko‘rsatishdi. 1994 yil talabalar soni ko‘payganligi sababli ortopedik va jarrohlik  stomatologiya kafedralari ajralib chiqdi. Terapevtik stomatologiya kafedrasida Hamroev.D.X. Barnoev.R.K. Namichkina L.X assistentlik lavozimiga klinik ordinaturaga esa Gaforov S.A qabul qilindilar. Kafedralar Viloyat klinik stomatologiya poliklinikasida, stomatologiya markazida va Bolalar stomatologiya poliklinikasida joylashib talabalar bilan dars o‘tdilar.    

2019-yilda Buxoro Davlat tibbiyot instituti rektori Inoyatov A.Sh. buyruqlari asosida Rajabov Otabek Asrorovich “Terapevtik stomatologiya” kafedrasi mudiri etib tayinlandi.     

Talabalar bilan ishlash

Kafedraning ilmiy yo`nalishi

Kafedra yutuqlari