Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi

Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi

Boltayev Kamol Jumayevich

Kafedra mudiri

Kafedra mudiri

Naimova Shohida Anvarovna
PhD, katta o’qituvchi
Shadjanova Nigora Saidjanovna
O’qituvchi
Sulaymonova Gulnoz To’lqinjanovna
O’qituvchi
Egamova Sitora Qobilovna
O’qituvchi
G’iyosova Nigora Odiljonovna
O’qituvchi

Kafedra tarixi

Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi 2021 yil 27-avgustda ilmiy kengash majlisida institut rektori Sh.J. Teshayev tomonidan Fakultet va gospital terapiya kafedrasidan ajratilib, alohida kafedra tashkil etilishi to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Fakultet va gospital terapya kafedrasi 1993 yil 13 avgustda institut rektori I.A. Mo‘minov buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat klinik kasalxonasining terapiya va gastroenterologiya  bo‘limlari bazasida “Gospital terapiya kafedrasi” nomi tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi A.M. Kaylakov tayinlangan. 


1993-1995 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi A.M. Kaylakov boshqargan.

1995-2000 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Z.J. Jalolov boshqargan.

Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent K.J.Boltaev tayinlangan va 2019 yilgacha shu lavozimda faoliyat olib borganlar.

2012-2013 yillarda kafedra mudirligi lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Z.N.Hamidova ishlagan.

 Kafedrada “Davolash”, “Tibbiy pedagogika”, “Tibbiy biologiya”, “Tibbiy profilaktika” va “Pediatriya” fakulteti talabalariga gematologiya va klinik laborator diagnostika fanlaridan amaliy va klinik mashulotlar olib boriladi.

Zamonaviy gematologiya bo’limi va klinik laborator diagnostika laboratoriyalarida ishlash uchun shifokor nafaqat o’z sohasida yuqori malakali mutaxassis bo’lishini, balki tegishli tibbiyot fanlarida deyarli har kuni professionallik ko’rsatishni talab qiladi. Gematologiya va KLD kafedrasining yuqori ilmiy va o’quv salohiyati yillar davomida uning xodimlari (professorlar, dotsentlar, assistentlar) ning faol tibbiy va ilmiy ishlari bilan qo’llab -quvvatlandi.

Hozirgi vaqtda gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi klinik gematologiya va laboratoriya ishi  sohasida ilg’or tadqiqotlarni olib bormoqda. Kafedra xodimlarining tadqiqotlari keng tarqalgan qon tizimi kasalliklarini erta tashxislash, laborator tahlillaridagi xususiyatlari va ko‘pgina boshqa kasalliklarda (terapevtik, xirurgik, infeksion-COVID-19 va b.) qon tahlilining diagnostik va prognostik ahamiyatiga qaratilgan bo’lib, ular gemostaz mexanizmi va patogenezi haqidagi zamonaviy bilimlarga asoslangan

  Kafedra xodimlari quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarda ish olib boradilar:

  •  Nazariy va amaliy gematologiya muammolari asosida gemoblatoz va anemiyalar diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish;
  • COVID-19 kasalligidan keyingi asoratlar negizida gemostaz buzilishining prognostik va diagnostik ahamiyatini baholash va profilaktik chora-tadbirlar innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.

  Bu bizga kafedra talabalari uchun o’quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ushlab turish imkonini beradi.

      2021-yilda Naimova Sh.A. tomonidan “Revmatoidli artrit, ankilozlovchi spondiloartritlarda buyrak zararlanishining o‘ziga xosligi va uning reabilitatsiyasi” mavzusida mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Hozirda G.T.Sulaymonova “Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligini erta laborator tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va patogenetik davolashning samaradorligini baholash”, S.Q.Egamova “Клиническая значимость оценки хромосомных аберраций и генных мутаций при острых лейкозах” hamda G’iyosova N.O. tomonidan “Covid-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida bemorlar yoshi, qon bosimi darajasi va arterial gipertenziya davomiyligidan kelib chiqib, nefropatiya markerlarini solishtirma o‘rganish va davolashni muqobillashtirish” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.

Asosiy nashrlar:

1. Boltaev K.J va Ahmedova N.Sh –  “ Gemablastozlar” (O‘quv qo‘llanma).

2. Ismatova M.N.,Nosirova M.Sh,  Shadjanova N.S “Metabolik sindromi mavjud bemorlarda trombotsitar gemostazni me’yorlashtirish dasturi” (EHM uchun dastur).

3. Nosirova M.Sh., Naimova Sh.A., Egamova S.Q “Особенности системы гемостаза при ревматоидном артрите у лиц с сердечно – сосудистой патологией” (Monografiya).

4.  Boltaev K.J., Egamova S.Q., Giyasova N.O. “Gematologiya fani” (Elektron o’quv qo’llanma).

5. Axmedova N.Sh., Naimova Sh.A., Sulaymonova G.T. “Klinik laborator diagnostika” (Elektron o’quv qo’llanma).

6. Axmedova N.Sh., Boltaev K.J., Sulaymonova G.T., Naimova Sh.A. “Хронические болезни почек – раняя диагностика и профилактика” (Monografiya).

7. Axmedova N.Sh., Boltaev K.J. “Предикторы ранней диагностики и профилактики развития хронической болезни почек” (Monografiya).

8. Boltaev K.J., G.T.Sulaymonova, L.I.Maxmudova “Анализ современных предстовлении на формиравание критических периодов при возникновении железодефицитных анемии и их региональных особенности” (Monografiya).

Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari

Talabalarni o’qitish Buxoro Viloyat Ko’p Tarmoqli Tibbiyot Markazi “Gematologiya” bo’limida bemorlar klinik holatlarini tahlil qilish va “Laboratoriya” bo’limlarida laborator tahlillarni qo’yish usullari bilan amaliy ko’nikmalar bilan olib boriladi.

Kafedrada  Germaniya davlati “Крастный крест” kasalxonasida kardiologiya bo’limi   Professor Dr. med. Hans – F Voringer va turkiyalik gematologlar tomonidan bemorlar ko’rigi va ma’ruzalar amalga oshirilgan.

Kafedra xodimlari talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqishda amaliy mashg’ulotlar mavzulari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv -uslubiy qo’llanmalar tayyorlaydi.

Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy ishda ishtirok etish shakllari talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig’ilishlarini, turli talabalar konferentsiyalarida qatnashishini, shuningdek, talabalar ishining Respublika tanlovlarida qatnashishni o’z ichiga oladi.

KAFEDRA HAYOTIDAN LAVHALAR