Normal fiziologiya kafedrasi

Normal fiziologiya kafedrasi

Shadiyeva Shodiya Shuxratovna

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Ochilova Dilorom Abdukarimovna
Dotsent
Radjabova Aziza Farmonovna
Assistent
Hayitova Dildora Sharipboyevna
Assistent
Giyazova Malika Muxammadovna
Assistent
Kamolova Lobar Yagmurovna
Assistent
Djaxonov Obidjon Olimjonovich
Assistent
Hayrullayeva Dilnora Hislatovna
Assistent

Kafedra tarixi

Kafedra Аbu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor А.I.Moʼminov tomonidan chiqarilgan 1990 yilning 30 oktyabridagi № 4\7-sonli buyruq asosida tashkil etildi. Kafedra mudiri etib oʼsha paytda Buxoro Pedagogika institutida ishlab kelgan b.f.n dotsent, Аto Boltaevich Boltaev tayinlandi.

Kafedra oʼz faoliyatini 1991-1992 oʼquv yilining 2 sentyabridan quyidagi tarkibda faoliyat koʼrsata boshladi.

А.B Boltaev- kafedra mudiri, Sh.X Gʼulomova- kafedra dotsenti B.O Komilova-kafedra assistenti.

Kafedra mudiri А.B Boltaev, institut ilk rektori I.M Moʼminov va institut faollari davrasida.

Boltaev Аto Boltaevich neyrofiziologik laboratoriyada ilmiy tadqiqotlar jarayonida.

1992- yilda dotsent Sh.H Gʼulomova kafedra mudiri etib tayinlangan. Kafedrada faoliyat koʼrsatayotgan professor oʼqituvchilar soni 8 nafarga yetgan

Kafedra mudiri Sh.X Gʼulomova, kafedra xodimlari va talabalar bilan birga.

1993- yil oktyabr oyida institut rektori taklifi bilan kafedraga t.f.n, dotsent, R.А Usmonova taklif etilgan va kafedra mudiri etib tayinlangan. R.А Usmonova 1993-2005 yillargacha kafedra mudiri sifatida faoliyat koʼrsatdi.

R.А Usmonovaning yangi kafedra mudiri etib tayinlanishi kafedra tarixida yorkin saxifalar ochilishiga sababchi boʼlgan. Bu davr kafedraning ilmiy faoliyatida samarali yutuqlarga erishilgan davr boʼldi. Kafedrada 6 ta nomzodlik ximoyasi amalga oshirildi, oʼquv ishlariga ham katta eьtibor qaratildi va kafedra tajriba oʼtkazish uchun kerak boʼladigan anjomlar bilan boyitildi. 1999-yilda bir nechta talabalar Аndijon shahrida oʼtkazilgan respublika fan olimpiadalarida qatnashib faxrli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan.

R.А Usmonova boshchiligidagi kafedra xodimlari iqtidorli talabalar bilan birga.

B.O Komilova dars jarayonida

2005- yil Fiziologiya kafedrasi Patologik fiziologiya kafedrasi bilan birlashtirildi, «Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi» deb yuritila boshlandi va t.f.n B.B Hasanov kafedra mudiri etib tayinlandi.

  2006-2012 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida t.f.n U.R Toʼraev faoliyat koʼrsatdi .Shu vaqt mobaynida 40 dan ortiq multimediyalar yaratildi va qator ilmiy makolalar chop etildi. Shuningdek, F.R Karimova t.f.n dissertatsiya ishini himoya qildi.

2012-2015 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimiga b.f.n I.Sh Sodiqov tayinlandi. Ushbu vaqt mobaynida multimediyalar yaratildi va qator ilmiy makolalar chop etildi.

2015- yilda Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi Farmakalogiya kafedrasi tarkibiga qoʼshildi va kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi O.M Ernazarov tayinlandi.

2017- yil Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi alohida kafedra boʼlib ajralib chiqdi va b.f.n I.Sh Sodiqov kafedra mudiri etib tayinlandi.

I.Sh Sodiqov faoliyat koʼrsatayotgan davrlarda jumladan 2017-yil sentyabr oyida kafedra katta oʼqituvchisi D.А Ochilova oliy taьlim muassasasining “ Eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʼolibligini qoʼlga kiritdi.

Shuningdek kafedra katta oʼqituvchisi M.А Аbdullaeva, Sh.Sh.Shadievalar nomzodlik dissetatsiyasini yoʼqlab, PhD ilmiy darajasini qoʼlga kiritdi. 2019-yil sentyabr oyida Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi bir biridan ajralib chiqib, aloxida “Fiziologiya” kafedrasi deb nomlandi va R.А Usmonovaning shogirdi, dotsent, D.А Ochilova kafedra mudiri etib tayinlandi.Kafedraga barcha ilmiy izlanuvchi yosh kadrlar taklif qilindi va kafedrada faoliyat koʼrsatayotgan xodimlar soni 10 nafarga yetdi.2021-yildan boshlab PhD Sh.Sh.Shadiyeva kafedra mudiri etib tayinlandi. Xodimlar soni 12 nafar, shundan ikki nafari fan nomzodi va bir nafar dotsent.

Ayni damda kafedrada 3 ta monografiya, 1 ta darslik, 15 dan ortiq o`quv qo`llanma, 50 dan ortiq multimediya va bir necha laborator jihozlar bilan ta`minlangan.

2022 yil aprel oyida Yaxshimuradov Ulugbek Rustamovich «El-yurt umidi» jamgarmasidan grand yutib olib Yaponiyaga doktoranturaga xirurgiya yunalishida ukishga ketdi. Kafedramizda 3 nafar xodim IELTS va CEFR sertifikatiga ega. 6 nafar kafedra xodimlari institutimiz mustakil izlanuvchisi bulib xisoblanadi.

Normal fiziologiya kafedrasi mudiri Sh.Sh. Shadiyeva 2023 yil 4 oktyabr dotsentlik ilmiy darajasini qo’lga kiritdi, 2023-yil 9-noyabr Doktorlik ilmiy darajasini qo’lga kiritdi

Ma'naviy - ma'rifiy ishlar

Kafedrada oʼquv yili davomida talaba-yoshlarni odobli, bilimli boʼlishlariga, ularning ongini oʼstirish, insoniylik qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni toʼgʼri yoʼlga boshlash, fuqarolik burchlarini tushuntirish, oʼz huquqini bilishi, maʼnaviy yetuk inson boʼlib yetishishi maqsadida ular bilan muntazam ravishda darslar va darsdan tashkari vaqtida suhbatlar olib boriladi. Mamlakatimizdagi, xorijdagi, qolaversa, institutdagi hafta yangiliklaridan, prezidentimiz qaror va farmonlaridan xabardor qilinadi.

O`quv – uslubiy ishlar

Kafedrada davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati yo`nalishlarining I va II kurs talabalari uchun Fiziologiya fanidan ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib boriladi.

Kafedrada oʼquv jarayoni oʼzbek, rus, ingliz tillarida olib borilmoqda.

Darsliklar

Kafedrada so`nggi yillar davomida chop qilingan darslik, monografiya, o`quv qo`llanmalar.

Normal fiziologiya kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle