Kafedra tarixi
29.12.2021 2022-04-07 9:28Kafedra tarixi
Yuqumli kasalliklar kafedrasi Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Moʼminovning 1993 yil 4-yanvardagi №1/03 buyrugʼiga asosan Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonasi xududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi Abdurashid Raximovich Obloqulov tayinlangan. Assistentlar Arashova Gulnora Amirqulovna, Rajabov Fazliddin Fayzievich, klinik ordinatorlar Hamdamov S.S. va Botirova I.A. bilan ish faoliyatini boshlagan. 1997 yilda kafedra assistenti S.G. Xudoydodova 1999 yilda kafedra assistenti O.B. Rahmatov, 2003 yilda kafedra assistenti A.A.Toʼxtaev, 2006 yilda kafedra assistenti M.R.Mirzoeva nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi. 2005 yil 1 apreldan boshlab “Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi sifatida 2013 yil avgustigacha faoliyat koʼrsatgan boʼlsa, hozirda “Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritilmoqda.
Kafedra mudiri А.R.Obloqulov Tibbiy pedagogika va OHI fakulьteti dekani lavozimiga oʼtganligi sababli 2019 yil avgust oyidan 2021 yil 10 yanvarigacha Mirzoeva M.R. kafedra mudiri vazifasida faoliyat koʼrsatgan.
2021 yil 10 yanvaridan t.f.d., professor А.R.Obloqulov Institut kengashi qaroriga muvofiq kafedra mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan.
Kafedra xodimlari tomonidan “Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi” (2007, 2014), “Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi” (2018), “Сестренское дело при инфеционных болезней” (2018), “Инфекционные болезни” (2020), “Parazitologiya” (2021), “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya” (2021) darsliklari, ”Teri-tanosil kasalliklari” (2016), “Yuqumli kasalliklar” (2016), “Bakteriozlar” (2016, 2021), “Virusli infektsiyalar” (2018), “Parazitar kasalliklar” (2019), “Koronavirusli infektsiyalar” (2020), “Rikketsiozlar” (2021) oʼquv qoʼllanmalari, “Virusli gepatitlar” (2009, 2015) monografiyalari, 400 ortiq ilmiy ishlar hamda 50 dan ortiq oʼquv-uslubiy koʼrsatmalar va qoʼllanmalar chop etilgan. Kafedra faoliyati davomida 1 nafar xodim doktorlik va 8 nafar xodimlar esa nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, professor, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsent, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 5 nafar assistentlar faoliyat koʼrsatmoqda.
Kafedra xodimlari faoliyatining davolash yoʼnalishi Viloyat yuqumli kasalliklari kasalxonasi amalga oshirilayapti. Kafedra tomonidan Sogʼliqni saqlash tizimiga 100 dan ortiq klinik ordinatorlar va magistrlar tayyorlandi.
Hozirda t.f.d., professor A.R. Obloqulov, t.f.n., dotsentlar M.R.Mirzoeva va S.G. Xudoydodova, katta oʼqituvchi G.A. Arashova, assistentlar t.f.n. I.I.Narziev, t.f.n. Oʼ.А.Xolov, M.A.Farmonova, A.A.Elmuradova, Z.D.Keldiyorova, F.X.Gʼaybullaev, M.M.Ergashov va A.A.Obloqulovlar faoliyat koʼrsatayaptilar.