Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-21 11:32Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, AQSh, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
Institutga xitoylik hamkorlar tashrif buyurishdi
🏛Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga …
Respublika bosh allergologi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV an’anaviy forumi doirasida Buxoro shahriga …
Buxoro davlat tibbiyot instituti EduFest 2025 xalqaro ta’lim yarmarkasida
Bugun, 2025-yil 31-may kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “EduFest 2025” xalqaro …
Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi — 10-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
📌 Yig‘ilish avvalida o‘z ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarga …
E'lonlar
Xudoyberdiev Dilshod Karimovichning (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Xudoyberdiev Dilshod Karimovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya …
Baxronov Jur’at Djurakulovichning (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Baxronov Jur’at Djurakulovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya …
Aliev Navruz Xasanovichning (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Aliev Navruz Xasanovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya …
Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi …