Фундаментал ва клиник тиббиёт ахборотномаси 2025, №3 (17)

Maqola mavzusi

AKUSHERLIK AMALIYOTIDA ARTERIAL BOSIMNI MASOFADAN MONITORING QILISH: NAZORATDAN ASORATLAR PROFILAKTIKASIGACHА TAJRIBALAR VA ISTIQBOLLAR (31-36)

Mualliflar

Agababyan L.R., Ahmedova A.T.

Muassasa

Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand sh., O`zbekiston

Annotatsiya

Kirish. Homilador ayollarning 6–8% da uchraydigan gipertenziv holatlar zamonaviy akusherlikdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, perinatal o‘lim holatlarining 20–25% holatlari aynan homiladorlikda yuzaga kelgan arterial gipertenziya bilan bog‘liq, ayniqsa preeklampsiyada. Zamonaviy telemeditsina texnologiyalari masofaviy arterial bosimni (AB) kuzatish tizimlarini samarali nazorat va profilaktika usuli sifatida joriy etish imkonini bermoqda. Tadqiqot maqsadi: birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarda masofaviy AB monitoringi orqali gipertenziv buzilish larni erta aniqlash va homiladorlikni yuritish taktikasi korreksiyasining samaradorligini baholash. Material lar va usullar. 2024–2025 yillarda Samarqand shahridagi 2-sonli tug‘ruqxonaning statsionar sharoitida 178 nafar birinchi homilador ayollar kuzatildi. Ularga PBLab telemetrik qurilmasi yordamida 3 kun davomida masofaviy AB monitoringi o‘tkazildi (kuniga 8 marotaba o‘lchov). Olingan ma’lumotlar avtomatik tarzda serverga uzatilib, tahlil qilindi. Kunlik o‘rtacha SАD va DАD, ABning variabelligi, tun bo‘yi o‘zgarishlari va dori bilan korreksiyaga ehtiyoj darajasi o‘rganildi. Natijalar. O‘rtacha SАD — 123,5 ± 9,2 mm.rt.st., DАD — 78,1 ± 6,7 mm.rt.st. Gipertenziv epizodlar 21,9% bemorlarda qayd etildi, ulardan 13,5% holatda dori-darmon bilan davolash talab qilindi. Monitoring ma’lumotlari 38,2% holatda yuritish taktikasini o‘zgartirishga olib keldi, 17,4% holatda asoratlarning oldi olindi. Eng ko‘p uchraydigan asoratlar — preek lampsiya, IUR va muddatidan oldin tug‘ruq. Xulosa. Homilador ayollarda ABning masofaviy monitoringi gipertenziv holatlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash tayinlash va og‘ir asoratlarning oldini olishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu metod, ayniqsa, tibbiy yordamga cheklangan kirish imkoniyati bo‘lgan hududlarda dolzarb hisoblanadi va milliy klinik protokol talablari asosida qo‘llanilishi mumkin.

Kalit so'zlar

arterial gipertenziya, homiladorlik, preeklampsiya, masofaviy monitoring, telemeditsina, homiladorlik asoratlari

Adabiyotlar

  1. Абдувалиева Р. Б., Елеусизова Н. А., Абдулова Г. И. БЕРЕМЕННОСТЬ И АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТОНИЯ: НОВЫЕ ПОДХОДЫ //ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ. – 2024. – С. 26.
  2. Андосова Л. Д. и др. ОЦЕНКА УРОВНЯ ЦИТОКИНОВ В СЫВОРОТКЕ КРОВИ У БЕРЕМЕННЫХ ЖЕНЩИН С ХРОНИЧЕСКОЙ ГИПЕРТЕНЗИЕЙ АРТЕРИАЛЬНОЙ В I ТРИМЕСТРЕ БЕРЕМЕННОСТИ //Мать и дитя в Кузбассе. – 2024. – №. 4 (99). – С. 12-17.
  3. Алешкина О. С. МЕДИКО СОЦИАЛЬНЫЕ И ОРГАНИЗАЦИОННЫЕ АСПЕКТЫ ПОЭТАПНОЙ КОМПЛЕКСНОЙ РЕАБИЛИТАЦИИ ЖЕНЩИН ПОСЛЕ РАННЕЙ РЕПРОДУКТИВНОЙ ПОТЕРИ.
  4. Богатырева М. М. Б. Гипертензивные расстройства при беременности: диагностика, целевой уровень артериального давления и фар макотерапия //Международный журнал сердца и сосудистых заболеваний. – 2024. – Т. 12. – №. 44. – С. 34-46.
  5. Евдокимов Д. Структура родильного дома. Организация и режим работы акушерского стационара. – Litres, 2025.
  6. Демкина А. Е. и др. Апробация само стоятельного дистанционного мониторинга у беременных группы риска //Врач и информаци онные технологии. – 2025. – №. 4. – С. 66-78.
  7. Драпкина О. М. и др. Коморбидность пациентов с хроническими неинфекционными заболеваниями в практике врача-терапевта. Евразийское руководство //Кардиоваскулярная терапия и профилактика. – 2024. – Т. 23. – №. 3. – С. 113-418.
  8. Ихтиярова Г. А. и др. Молекулярно генетические маркеры риска развития гипертен зии у беременных с антифосфолипидным син дромом //Клинический разбор в общей меди цине. – 2024. – Т. 5. – №. 9. – С. 62-69.
  9. Карайланов М. Г. и др. Основные направления улучшения диспансерного наблю дения за пациентами с применением цифровых технологий //Медицина и организация здраво охранения. – 2024. – Т. 9. – №. 1. – С. 136-150.
  10. Кобалава Ж. Д. и др. Артериальная ги пертензия у взрослых. Клинические рекоменда ции 2024 //Российский кардиологический жур нал. – 2024. – Т. 29. – №. 9. – С. 230-329.
  11. Орлова Н. В. и др. Прогностическая значимость артериальной гипертензии у бере менных //Медицинский алфавит. – 2025. – №. 7. – С. 36-43.
  12. Шишканова Т. И. и др. Фотоплетизмо графия в оценке микроциркуляции кожи у бере менных с гестационной артериальной гипертен зией //Регионарное кровообращение и микроцир куляция. – 2025. – Т. 23. – №. 4. – С. 98-104.
  13. Чулков В. С. и др. Современные подхо ды к ведению беременных с хронической артериальной гипертензией. – 2025.

MAQOLALAR

JURNAL SONLARI