Фундаментал ва клиник тиббиёт ахборотномаси 2025, №3 (17)
Maqola mavzusi
YOSHGA BOGʻLIQ HOLDA GIPERTROFIYALANGAN HALQUM MURTAGI TO‘QIMASINING MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY BAHOLASH (37-42)
Mualliflar
Alimova N.P., Xasanova D.A.
Muassasa
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro sh., O`zbekiston
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi adenoid to‘qimalarining yoshga bog‘liq strukturaviy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Adenoid sababli operatsiya qilingan bolalardan olingan adenoid to‘qimalarida gistologik tadqiqot o‘tkazildi. Birinchi guruh bolalarida adenoid to‘qimasi tuzilmasi mahalliy immun tizimining ekzogen omillar ta’siriga moslashuvi va nafas yo‘llarining immun to‘sig‘ini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, bu holatni mahalliy immun javobning shakllanish bosqichi sifatida baholash mumkin. Ikkinchi guruh bolalarida epitelial to‘siq funksiyasining zaiflashuvi, uning o‘choqli yassi hujayrali metaplaziyasi bilan bog‘liq edi. Limfoid to‘qimalarning mos reaktsiyasi va kuchli immun javobi bilan kechuvchi surunkali yallig‘lanish belgilari kuzatildi. Uchinchi guruh bolalarida kriptalarda yal lig‘lanish hujayralari mavjudligi bilan birga mikrob agentlarining doimiy saqlanishi kuzatilib, bu holat ma halliy limfoid to‘qimalarning zaiflashuvi bilan bog‘liq surunkali yallig‘lanish belgisi edi. Adenoid to‘qimalarida yuz berayotgan jarayonlar ekzogen omillar ta’siriga organizmning mahalliy immun javobi sifatida namoyon bo‘ldi.
Kalit so'zlar
adenoidlar, limfoid to‘qima, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar, morfologiya
Adabiyotlar
- Биология полости рта. Под ред. Е.В. Бо ровского, В.К. Леонтьева. - М.: Медицина 2001; 304. adenotonsillectomy. Int J Pediatr Otorhinola-ryngol 2004; 68 (3): 311-316.
- Быков В.Л. Гистология и эмбриология органов полости рта человека: учеб. пособие. 2-е изд., испр. СПб.: Спец. лит-ра 1998; 248.
- Быкова В.П., Калинин Д.В. Состояние глоточной миндалины часто болеющих детей после местной иммуномодулирующей терапии. Российская ринология 2011; 3.
- Marques V.C., Anselmo-LimаT. Pre and postoperative evaluation by acoustic rhino metry of children submitted to adenoidectomy or
- Mohn K.G.I., Bredholt G., Brokstad K.A., Pathirana R.D.H.J. Aarstad C., Tondel R.J., Cox, Longevity of B-Cell and T-Cell Responses After Live Attenuated Influenza Vaccination in Children, Journal of Infectious Diseases, 10.1093/infdis/jiu654, 211, 10, (1541-1549), 2014.
- Nasrin M, Miah M.R., Datta P.G., Saleh A.A., Anwar S., Saha K.L. Effect of tonsillectomy on humoral immunity. Bangladesh Med Res Counc Bull. 2012. 38(2): 59-61.