Faculty of Biomedicine
25.11.2023 2024-10-10 10:00Faculty of Biomedicine

Djumayev Karomat Shoyimovich
phd , dotsent
fakultet dekani
Джумаев Каромат Шойимович 1977 йилда Қоракўл туманида туғилган, миллати-ўзбек. Маълумоти-олий. 2001 йилда Бухоро давлат тиббиёт институтининг даволаш факультетини даволаш иши мутахассислиги бўйича тамомлаган. 2001-2002 йилларда Бухоро давлат тиббиёт институти Гистология кафедраси ўқитувчи стажёр, 2002-2005 йилларда Гистология кафедраси ассистенти, 2005-2007 йилларда Бухоро давлат тиббиёт институти «Юқумли касалликлар» мутахассислиги бўйича клиник ординатура ўтган, 2007 -2017 йилларда Бухоро давлат тиббиёт институти “Умумий амалиёт врачлари тайёрлаш” кафедраси ассистенти, 2017-2023 йй. – Бухоро давлат тиббиёт институтининг “Ички касалликлар ва эндокринология кафедраси ассистенти, 2023 йилда Бухоро давлат тиббиёт институти ички касалликлар кафедраси катта ўқитувчиси. 2023 йилдан ҳозирга қадар Бухоро давлат тиббиёт институти Биотиббиёт факультети мудири лавозимида фаолият кўрсатиб келмоқда.
Умумий иш стажи – 30 йил, педагогик иш стажи – 23 йил, илмий иш стажи- 6 йил, шартнома асосида ўтган факультет мудирига лавозимидаги иш фаолияти 1 йил.
2024 y- BIIM
1.Ichki kasalliklar
ORCID :ID 0000-0002-9715-8407
Scopus Author ID :
Researcher ID :
Google scholar :
Fakultet xodimlari
BIOTIBBIYOT FAKULTETI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tizimini yuqori malakali, hozirgi zamon talablariga javob beradigan, tanlangan kasbi bo‘yicha ijodiy faoliyatga tayyor tibbiyot xodimlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga asosan Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti tarkibida 1999-yil sentyabrdan “Oliy hamshiralik ishi” bo‘limi tashkil etildi.
O‘rta ma’lumotli hamshiralik kursini tugatganlar umumiy qoidalariga binoan ushbu yo‘nalishda qabul qilindilar. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib fakultet tugatgan talabalar Sog‘liqni Saqlash tizimining murakkab ish jarayoni bo‘lgan tibbiyot texnik kollejlariga ishga yuborildi.
Institut rektorining 2007 yil 5 noyabrdagi 57/1-1-sonli buyrug‘iga asosan Tibbiy pedogogika va Oliy hamshiralik ishi fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani etib t.f.n. dotsent N.X.Voxidov tayinlandi. 2009-2012 yillarda t.f.d Sh.I.Navro‘zova fakultet dekani etib tayinlandi. 2012-2014 yillarda t.f.n. dotsent N.X.Voxidov, 2014 yil 1 dekabrdan boshlab t.f.n. dotsent U.I.Nurov 2019 yilgacha fakultet dekani lavozimida ishladi. 2019-2020 yilgacha bu lavozimda tibbiyot fanlari doktori, professor A.R.Obloqulov fakultet dekani lavozimida ishladi. 2021 yil 14 yanvardan 2022 yil 28 fevralgacha bu lavozimda tibbiyot fanlari doktori I.X.Usmonov fakultet dekani lavozimida ishladi. 2022 yil 1 martidan PhD G.H.Rajabova fakultet dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Fakultetimiz dastlabki davrlarda davolash fakulteti tarkibida oliy hamshiralik ishi bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2001-yil 15-iyundan fakultet tarkibida tibbiy pedagogika bo‘limi ham tashkil etildi. Mazkur bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotli hamshiralar umumiy qoidalarga binoan o‘qishga qabul qilinar edi. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, fakultetni tugatgan talabalar sog‘liqni saqlash tizimining murakkab ish jarayoni bo‘lgan bo‘limlariga, tibbiyot kollejlariga ishga yo‘naltirilgan.
2007-yil 5-noyabrda esa pedagogika va oliy hamshiralik ishi bo‘limlari alohida fakultet sifatida faoliyat boshladi. Mazkur tibbiy pedagogika fakultetida o‘qish muddati 6 yil. Fakultetda 3 nafar professor, 27 nafardan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat ko‘rsatganlar. Tibbiy pedagogika fakultetini ilk bor 14 nafar talaba tugatib, turli davolash muassasalarida umumiy amaliyot shifokori, pedagog mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Bugungi kunda fakultetda 15 nafar professor, 100 nafardan ortiq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet dekan, ikki nafar dekan muovinlari (Sa’diyev E.S Olimova N.I), tarkibida shakllangan.


BIOTIBBIYOT FAKULTETI
Biotibbiyot fakulteti Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayevning buyrug’i asosida 2023-yil 4-sentabrda “Biotibbiyot” fakulteti tashkil qilindi. Biotibbiyot fakulteti 5 ta yo`nalish bilan ish faoliyatini boshlagan edi, ular quyidagilarni tashkil qilgan edi:
60910400 – Tibbiy profilaktika
60910600 – Tibbiy biologiya
60910700 – Farmatsiya
60911100 – Xalq tabobati
60911200 – Oliy hamshiralik
2024-2025 o’quv yilga kelib fakultet yo’nalishi 7 ta bo’ldi. Bular:
60910400 – Tibbiy profilaktika
60910600 – Tibbiy biologiya
60910700 – Fundamental tibbiyot
60911100 – Xalq tabobati
60911200 – Oliy hamshiralik
60910800 – Farmatsiya
60711800 – Biotibbiyot muhandisligi
Biotibbiyot fakultetda 21 ta kafedra biriktirilgan:
- Fakultet va gospital terapiya kafedrasi
- Onkologiya kafedrasi
3.№1-Akusherlik va ginekologiya kefedrasi
4.Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklar kafedrasi
5.Klinik farmakologiya kafedrasi
6.Farmakologiya kafedrasi
7.Gematologiya va klinik labarator diagnostika kafedrasi
8.Tibbiy radiologiya va yadro tibbiyoti kafedrasi
9.Biotibbiyot muhandisligi, biofizika, informatika kafedrasi
10.Normal fiziologiya kafedrasi
11.Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
12.Mikrobiologiya , virusologiya va immunologiya kafedrasi
13.Tibbiy biologiya kafedrasi
14.1-son gigiyena kafedrasi
15.Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi
16.Ijtimoiy fanlar kafedrasi
17.Xususiy gigiyena kafedrasi
18.Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi
19.Epidemiologiya kafedrasi
20.Patologik anatomiya kafedrasi
21. Preventiv tibbiyot, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi