General Information(Joint Degree Programs)

General Information(Joint Degree Programs)

Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat yuritayotgan qoʻshma ta’lim dasturlari toʻgʻrisida ma’lumot

2019-2020 oʻquv yilida institut tarixida ilk marta xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma ta’lim dasturlari tashkil qilindi: bakalavriat/spesialitet yoʻnalishlarida:

         Bakalavriat :

  1. Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Davolash ishi – 6 yil – (3+3)
  2. N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti(Rossiya) – Davolash ishi- 6 yil – (3+2+1)
  3. Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Stomatologiya – 5 yil (2+3)
  4. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya) –Pediatriya – 6 yil – (3+3)
  5. Orenburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) –Klinik psixologiya – 5,6 yil – (3+2,6)
  6. Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Biotexnologiya – 4 yil (2+2)
  7. GD Goenka university (Hindiston) – Farmasiya – 5 yil – (2,5+2,5)
  8. Janubiy Qozogʻiston tibbiyot universiteti (Qozogʻiston) – Davolash ishi – 6 yil (1+3+2)

          Klinik ordinatura:

  1. Akademik V.I.Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya, Moskva):
    • Akusherlik va ginekologiya – 2 yil (1+1) – 1 nafar rezident oʻqishga qabul qilingan. 2020-2021 oʻquv yilida COVID-19 pandemiyasi tufayli tahsil olishni 1 yilga qoldirib, hozirgi kunda oʻqishni yakunlab ikki tomonlama diplom (RF va BuxDTI) olishga muvaffaq boʻlgan.
  2. Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya, Moskva):
    • Kardiologiya – 2 yil (1+1) – 4 nafar rezident oʻqishga qabul qilingan. 2020-2021 oʻquv yilida ular oʻqishni Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tibbiy tadqiqot markazida davom ettirib 2021-yilning sentyabr oyida oʻqishni yakunlab ikki tomonlama diplom (RF va BuxDTI) olishga muvaffaq boʻlishdi.
    • Rentgenoendovaskulyar diagnostika va davolash – 2 yil (1+1) – 1 nafar rezident oʻqishga qabul qilingan. 2020-2021 oʻquv yilida oʻqishni Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tibbiy tadqiqot markazida davom ettirib, 2021-yilning sentyabr oyida oʻqishni yakunlab ikki tomonlama diplom (RF va BuxDTI) oldi.

2020-2021 oʻquv yilida qoʻshimcha ravishda quyidagi yoʻnalishlar va mutaxassislik boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlari faoliyat boshladi.

Bakalavriyat:

  1. Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Farmasiya – 5 yil (3+2)
  2. Qozon Federal universiteti (Rossiya) – Farmasiya – 5 yil (3+2)
  3. Biznes oliy maktabi – Luis milliy universiteti (Polsha) – IT medic – 4 yil (2+2)

Magistratura:

  1. Biznes oliy maktabi – Luis milliy universiteti (Polsha) – “Menedjment. Tibbiyotda menedjment” – 2 yil (1+1)

2023–yilda magistraturaning “Menedjment. Tibbiyotda menedjment” mutaxassisligi boʻyicha 8 nafar magistrant oʻqishni muvaffaqiyatli tugatib ikki tomonlama diplomga ega boʻlishdi.


2021-2022-ўқув йилиданboshlab Petrozavodsk davlat universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda:

  • ​Davolash ishi (3+3)
  • Pediatriya (3+3)
  • Farmasiya (3+2) boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

2022-2023–oʻquv yilidan Italiyaning University of “Luigi Vanvitelli” bilan hamkorlikda

  • Oliy hamshiralik ishi (2+1)
    boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturi tashkil etildi.

2023/2024- oʻquv yilida qoʻshimcha ravishda:

  1. Boltiq federal universiteti bilan Davolash ishi 3+3 formatda;
  2. Volgograd davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti faoliyati 3+2 formatda yoʻlga qoʻyildi.